Bu sahifada tanlangan maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „tanlangan“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.
Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.
Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:TMN}} andozasini joylang.
Joylangan andozadagi „Maqolani tanlangan maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.
Moʻgʻullar tomonidan 1220-yilda Buxoroning egallanishiga oid mazkur maqolani tanlangan maqola statusi uchun nomzod qilib koʻrsatmoqdaman. Maqolani oʻqib, xatoliklarini tuzatishga yordam berasiz hamda statusga erishishi uchun ovoz berasiz deb umid qilaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:03, 16-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Avval Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Joʻji va sarkarda Jebe boshchiligidagi avangard Tyan-Shan dovonlaridan oʻtib, Sharqiy Fargʻona vodiysidagi shaharlarni talay boshladi.
mana shu gapda avangard soʻzini balkim boshqa soʻz bilan almashtirish kerakmikin? Chunki Avangard maqoalasida ushbu soʻz haqida moʻgʻul lashkarlarida manglay, mangʻlay deyilgan deb keltirilgan ekan.
maqola Oʻzbekiston tarixiga oidligi yuqoriligi sababli asosan oʻzbek tilidagi manbalar tiliga uygʻun yozilishi lozim deb oʻylayman. ayrim oʻrinlarda Xorazm imperiyasi kabi soʻzlar bilan ifodalangan davlat. xorij manbalari bu shaklda olgani bizning ham shu shaklda olishimiz kerakligini anglatmaydi, oʻzbek tarixchiligiga oid manbalarda asosan Xorazmshohlar davlati shaklida olingan. davlatning maʼlum muddat egalik qilgan qudrati uni imperiya deb taʼriflashga asos boʻlishi mumkindir, ammo, Xorazm imperiyasi deyilishiga emas. maqola matni sodda/ravon qilib qayta tahrirlansa va maqolaga oʻzbek tilidagi manbalar ham ilova qilinsa, nur ustiga aʼlo nur boʻlardi. albatta, maqolaning sifat qozonishida qoʻldan kelganicha yordam beraman. Alpasli (munozara)
Fikr bildirganingiz uchun rahmat. U xaritani qoʻshish uchun bilgiqutini EnWikidagi kabi qayta tuzishga toʻgʻri kelarkan. Agar shu masalani yaxshi tushunib, qilib bersangiz, qoʻshish muammo emas. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:52, 25-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]