Windows Mobile

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Operatsion tizim
Windows Mobile
Ishlab chiquvchi Microsoft
Ilk e’lon qilinishi 19-aprel, 2000-yil (24 yil avval) (2000-04-19)
Soʻnggi versiyasi 6.5.3
So’nggi test versiyasi 6.5.3
Yadro tipi Hybrid
Litsenziya Proprietary software
Veb sayt https://www.microsoft.com/windowsmobile/default.mspx

Windows Mobile — smartfonlar va shaxsiy raqamli yordamchilar uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda toʻxtatilgan mobil operatsion tizimdir[1].

Windows Mobile birinchi marta 2000-yilda „Choʻntak kompyuterlari va raqamli yordamchilar“da ishlaydigan Pocket PC 2000 sifatida paydo boʻlgan boʻlsada, uning kelib chiqishi 1996-yilgi Windows CE davriga borib taqaladi. 2003-yilda nomi „Windows Mobile“ deb oʻzgartirildi, oʻsha paytda u bir nechta versiyalarda (Windowsning versiyalariga oʻxshash) paydo boʻldi va biznes hamda korporativ mijozlarga moʻljallangan edi. 2000-yillarning oʻrtalarida dastlab chiqarilganda, Windows Mobile Windows operatsion tizimining koʻtarib yurishga moʻljallangan muqobili boʻlishi kerak edi.

Yangi mobil operatsion tizimlar (iOS va Android) paydo boʻlgandan soʻng, Windows Mobile hech muvaffaqiyatga erisha olmadi va keyingi yillarda foydalanuvchilari soni tez pasayib ketdi. 2010-yil fevraliga kelib, Microsoft Windows Mobileʼning oʻrnini bosadigan, zamonaviyroq va foydalanuvchiga yoʻnaltirilgan Windows Phone`ni eʼlon qildi. Natijada, mavjud qurilmalar va dasturiy taʼminot Windows Phone bilan mos kelmasligi sababli Windows Mobile muomaladan chiqarib yuborildi[2][3]. Windows Phone eʼlon qilinganidan keyin chiqarilgan Windows Mobileʼning oxirgi versiyasi 6.5.5 edi. Shundan keyin, Microsoft Windows Phoneʼga eʼtibor qaratish uchun Windows Mobileʼni rivojlantirishni toʻxtatdi.

Microsoft 2015-yilda Windows Phone seriyasining bir qismi boʻlgan xuddi shunday nomdagi Windows 10 Mobileʼni chiqardi va u toʻxtatilgan Windows Mobile operatsion tizimiga aloqasi yoʻq.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Evers, Joris „Microsoft to phase out Pocket PC, Smartphone brands | Hardware“. InfoWorld. IDG (2005-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 14-iyul.
  2. Nicholas Kolakowski. „Microsoft Explains Windows Phone Lack of Compatibility“. eWeek (2010-yil 15-mart).
  3. „Windows Phone: A New Kind of Phone (36:47 min. in)“. Microsoft (2010-yil 13-iyun). 2012-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-sentyabr.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]