Mikroprotsessor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikroprotsessor(MP).Bu Shaxsiy Kompyuterdagi markaziy blok bo`lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy amallar bajarish uchun mo`ljallangan[1].

Hozirgi kunda Intel, AMD, Motorola kompaniyalari ozlarining turli xil mikroprotsessorlarini ishlab chiqarmoqdalar.Yetakchilari Intel va AMD bo’lib hozirda juda kuchli protsessorlari mavjud.Intel firmasining Celeron, Pentium, Core iX ,Xeon markali[2]. AMD firmasining Ryzen, Athlon, A-Series, G- Series, R-Series, Epyc va shu kabilari[3].

Protsessor Tarkibi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqaruv qurilmasi - oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni tegishli bloklariga uzatadi.

Arifmetik-Mantiqiy Qurilma - sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan.

Mikroprotsessor Xotirasi - mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo’llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish uchun xizmat qiladi.

Registrlar - uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo’lgan asosiy xotira qurilmasi uyalaridan farq qiladi).

Mikroprotsessorning Interfeys Tizimishaxsiy kompyuterningning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi.O’z ichiga mikroprotsessor xotirasiningning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.

Interfeys (ingl. Interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab, ular o’rtasida aloqa bog’lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. |url=https://www.researchgate.net/publication/349126013_ZAMONAVIY_MIKROPROTSESSORLAR_VA_ULARNI_ISHLATISH_TAMOYILLARI |sarlavha=ZAMONAVIY MIKROPROTSESSORLAR VA ULARNI ISHLATISH TAMOYILLARI |sana=Yanvar 2021 |qaralgan sana=13-may 2024-yil |til=O`zbekcha |muallif=Nurmuxammad Duisenov - Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti |ish=ReserchGate
  2. „Intel® Core™ Processor Family“ (ingiliz tilida). Qaraldi: 15-may 2024 yilda qaraldi.
  3. „AMD Processors“ (2024 advanced micro devices(amd).). Qaraldi: 15-may 2024-yil.