Monreal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Monreal

fransuzcha: Montréal
poytaxt
Skyline of Monreal
Monreal
Bayroq
Monreal
Gerb
45°30′32″N 73°33′42″W / 45.50889°N 73.56167°W / 45.50889; -73.56167 G OKoordinatalari: 45°30′32″N 73°33′42″W / 45.50889°N 73.56167°W / 45.50889; -73.56167 G O
Mamlakat Kanada
Provinsiya Kvebek
Aholisi
1 942 694 [1]
Etnoxoronim monreallik
Vaqt mintaqasi UTC-5
Telefon kodi +1 514
+1 438
Pochta indeks(lar)i H
Monreal xaritada
Monreal
Monreal

Monreal (fransuzcha: Montréal) — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Sanlavrentiy daryosi boʻyida, Kvebek provinsiyasidagi joylashgan eng yirik shahar boʻlib, kattaligi boʻyicha Torontodan keyin ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Shahar dastlab Ville-Mari (Mariya shahri) deb nomlangan. Monreal nomi shaharning markazida joylashgan Mont-Royal (Qirollik togʻi) togʻining nomidan kelib chiqqan boʻlib, Monreal shakli ilk koʻchmanchi xalqlardan baʼzilari soʻzlashuvchi Oksitan tili taʼsiri ostida paydo boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharga 1642-yilda indeyslarning Xochelaga qishlogʻi oʻrnida fransuzlar tomonidan faktoriya va fort (qalʼa) sifatida asos solingan. 18-asrning 1-yarmida muhim savdo markazi boʻlgan. 1760-yilda inglizlar bosib olgan. 1844—49 yillarda Kanada ingliz mustamlakasi poytaxti boʻlgan.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻllarining yirik tuguni; dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yiliga 15 mln. t yuk ortib-tushiriladi), asosan, don eksporti uchun moʻljallangan.

Aholi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar aholisi 1 942 694 kishini[1] tashkil qiladi.

Jugʻrofiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avliyo Lavrentiy daryosi va Ottava daryolarining qoʻshilish joyidagi Monreal oroli.

Monreal Kvebek provinsiyasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar Lorens va Ottava daryolarining qoʻshilish qismida joylashgan Monreal orolining katta qismini egallaydi. Monreal porti Buyuk koʻllardan to Atlantikaga qadar choʻzilgan Avliyo Lavrentiy dengiz yoʻlining bir chetida joylashgan[2] .

Monreal janubda Avliyo Lavrentiy va shimolida River de Preri daryolari oraligʻida joylashgan. Shahar orolning eng koʻzga koʻringan jugʻrofiy ob’yekti, dengiz sathidan 232 m balandlikda joylashgan Mount Royal deb nomlangan uch choʻqqili tepalik sharafiga Monreal deb nomlangan.

Monreal shahri Monreal poytaxt hamjamiyatining markazida joylashgan hamda shimolda Laval shahri bilan, janubda Longey, Sen-Lamber, Brossar va boshqa munitsipalitetlar bilan, sharqda Repdntini va gʻarbda Gʻarbiy orol munitsipalitetlari bilan chegaradosh[3].

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monreal issiq-yozga ega nam kontinental iqlim sifatida tasniflanadi (Köppen iqlim tasnifi boʻyicha: Dfb)[4][5] Yoz iliqdan issiq va nam holatgacha kechadi, kunlik maksimal oʻrtacha harorat iyulda 26-27 °C (79-81 °F) boʻladi, baʼzan esa 30 °C (86 °F) dan yuqori haroratlar kuzatiladi. Va aksincha, sovuq oqimlar yozning boshida va keyingi qismlarida tiniq, quruq va shamolli ob-havo hosil qilishi ham mumkin.


Iqlim koʻrsatkichlari Monreal (Monreal aeroporti)
WMO ID: 71627; koordinata 45°28′N 73°45′W / 45.467°N 73.750°W / 45.467; -73.750 (Montréal–Trudeau International Airport) G O; balandlik: 36 m (118 ft); 1981−2010 norma, ekstremal 1941−hozirgacha
Oy Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Year
Maks. yuqori harorat 13.5 14.7 28.0 33.8 40.9 45.0 45.8 46.8 42.8 33.5 26.2 18.1 46.8
Yuqori harorat °C (°F) 13.9
(57.0)
15.1
(59.2)
25.8
(78.4)
30.0
(86.0)
36.6
(97.9)
35.0
(95.0)
35.6
(96.1)
37.6
(99.7)
33.5
(92.3)
28.3
(82.9)
24.3
(75.7)
18.0
(64.4)
37.6
(99.7)
Average high °C (°F) −5.3
(22.5)
−3.2
(26.2)
2.5
(36.5)
11.6
(52.9)
18.9
(66.0)
23.9
(75.0)
26.3
(79.3)
25.3
(77.5)
20.6
(69.1)
13.0
(55.4)
5.9
(42.6)
−1.4
(29.5)
11.5
(52.7)
Kunlik oʻrtacha °C (°F) −9.7
(14.5)
−7.7
(18.1)
−2
(28)
6.4
(43.5)
13.4
(56.1)
18.6
(65.5)
21.2
(70.2)
20.1
(68.2)
15.5
(59.9)
8.5
(47.3)
2.1
(35.8)
−5.4
(22.3)
6.8
(44.2)
Oʻrtacha past harorat °C (°F) −14
(7)
−12.2
(10.0)
−6.5
(20.3)
1.2
(34.2)
7.9
(46.2)
13.2
(55.8)
16.1
(61.0)
14.8
(58.6)
10.3
(50.5)
3.9
(39.0)
−1.7
(28.9)
−9.3
(15.3)
2.0
(35.6)
Minimum past harorat °C (°F) −37.8
(−36.0)
−33.9
(−29.0)
−29.4
(−20.9)
−15
(5)
−4.4
(24.1)
0.0
(32.0)
6.1
(43.0)
3.3
(37.9)
−2.2
(28.0)
−7.2
(19.0)
−19.4
(−2.9)
−32.4
(−26.3)
−37.8
(−36.0)
Record low wind chill −49.1 −46 −42.9 −26.3 −9.9 0.0 0.0 0.0 −4.8 −10.9 −30.7 −46 −49.1
Average precipitation mm (inches) 77.2
(3.04)
62.7
(2.47)
69.1
(2.72)
82.2
(3.24)
81.2
(3.20)
87.0
(3.43)
89.3
(3.52)
94.1
(3.70)
83.1
(3.27)
91.3
(3.59)
96.4
(3.80)
86.8
(3.42)
1 000,3
(39.38)
Average rainfall mm (inches) 27.3
(1.07)
20.9
(0.82)
29.7
(1.17)
67.7
(2.67)
81.2
(3.20)
87.0
(3.43)
89.3
(3.52)
94.1
(3.70)
83.1
(3.27)
89.1
(3.51)
76.7
(3.02)
38.8
(1.53)
784.9
(30.90)
Average snowfall cm (inches) 49.5
(19.5)
41.2
(16.2)
36.2
(14.3)
12.9
(5.1)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
0.0
(0.0)
1.8
(0.7)
19.0
(7.5)
48.9
(19.3)
209.5
(82.5)
Average precipitation days (≥ 0.2 mm) 16.7 13.7 13.6 12.9 13.6 13.3 12.3 11.6 11.1 13.3 14.8 16.3 163.3
Average rainy days (≥ 0.2 mm) 4.2 4.0 6.9 11.6 13.6 13.3 12.3 11.6 11.1 13.0 11.7 5.9 119.1
Average snowy days (≥ 0.2 cm) 15.3 12.1 9.1 3.2 0.07 0.0 0.0 0.0 0.0 0.72 5.4 13.0 58.9
Average relative humidity (%) (at 1500) 68.1 63.4 58.3 51.9 51.4 55.3 56.1 56.8 59.7 62.0 68.0 71.4 60.2
Mean monthly sunshine hours 101.2 127.8 164.3 178.3 228.9 240.3 271.5 246.3 182.2 143.5 83.6 83.6 2 051,3
Percent possible sunshine 35.7 43.7 44.6 44.0 49.6 51.3 57.3 56.3 48.3 42.2 29.2 30.7 44.4
Average ultraviolet index 1 2 3 5 6 7 7 7 5 3 1 1 4
Source: Kanada iqlim oʻzgarishlari[6][7][8][9][10] va Iqlim Atlasi[11]

Sanoat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monreal mamlakataing yirik savdomoliya va sanoat markazlaridan. Mashinasozlik (umumiy, samolyotsozlik, kemasozlik, vagonsozlik va boshqalar), metallsozlik, neftni qayta ishlash va kimyo sanoatlari rivojlangan. Rangli metallurgiya, mebel, koʻn-poyabzal, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda 3 universitet, konservatoriya, kutubxonalar, nafis sanʼat muzeyi, metropoliten bor.

Meʼmorchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

17—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy bi-nolardan cherkov, Ramze saroyi va boshqa saqlangan. M.da 1967-yilda Xalqaro koʻrgazma boʻlib oʻtgan.

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

1976-yilda 11-Olimpiada boʻlib oʻtgan.[12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Population and dwelling counts, for Canada, provinces and territories, and census subdivisions (municipalities), 2006 and 2001 censuses - 100% data“. Statistics Canada, 2006 Census of Population (2007-yil 13-mart). 2012-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-mart.
  2. „The St. Lawrence River“. Great Canadian Rivers (2007). 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-may.
  3. „Découpage du territoire montréalais en 2006“ (fr). Montréal en statistiques. Ville de Montréal (2006). 2010-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-may.
  4. „Climatic Regions [Köppen“]. Atlas of Canada. Natural Resources Canada (2003-yil iyun). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-sentyabr.
  5. „Climate: Montreal – Climate graph, Temperature graph, Climate table“. Climate-Data.org. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-sentyabr.
  6. „Montreal/Pierre Elliott Trudeau International Airport“. Canadian Climate Normals 1981–2010 (2011-yil 31-oktyabr). 2014-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  7. „Daily Data Report for March 2012“. Canadian Climate Data (2011-yil 31-oktyabr). 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyun.
  8. „Daily Data Report for May 2020“. Canadian Climate Data (2011-yil 31-oktyabr). 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  9. „Daily Data Report for November 2022“. Canadian Climate Data (2011-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.
  10. "„Hourly Data Report for November 5, 2022“. Canadian Climate Data (2011-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-noyabr.
  11. „Montreal, Canada - Detailed climate information and monthly weather forecast“ (en). Weather Atlas. Yu Media Group. 2019-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  12. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil