(Go: >> BACK << -|- >> HOME <<)

Kontent qismiga oʻtish

Loyiha boshqaruvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Loyiha Boshqaruvi – boshqaruvning 4 bosqichi

Loyiha boshqaruvi (ing: Project Management) – bu loyiha maqsadlariga erishish uchun rejalashtirish, tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir. Bu jarayon vaqt, byudjet va resurslar kabi cheklovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi[1]. Odatda bu uch cheklov loyiha boshqaruvi uchburchagi deb yuritiladi. Bunday cheklovlardan toʻgʻri foydalanib loyiha boshqaruvidan foydalanish talab qilinadi. Loyiha boshqaruviga javobgar shaxsh „Loyiha Menejeri“ yoki „Loyiha Boshqaruvchisi“ deb ataladi.

Loyiha boshqaruvi quyidagi asosiy toʻrt bosqichni oʻz ichiga oladi[2]:

Loyihani Boshlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Loyiha maqsadlari: Loyihaning aniq va oʻlchab boʻladigan maqsadlari belgilanadi.
  • Maqsad va koʻlam: Loyihaning asosiy vazifalari va ularning chegaralari aniqlanadi.

Loyihani Rejalash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Reja tuzish: Loyiha jadvali, byudjeti, zarur resurslar va risklarni boshqarish rejasi ishlab chiqiladi.
  • Vazifalar va majburiyatlar: Loyihada kim nima qilishi va qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi.

Loyihani Amalga Oshirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Vazifalarni bajarish: Loyihani amalga oshirish uchun belgilangan vazifalar bajariladi.
  • Resurslar boshqaruvi: Kerakli materiallar, byudjet, va inson resurslari samarali boshqariladi
  • Ishlash koʻrsatkichlari: Loyihaning rejalashtirilgan maqsadlari va muddatlariga muvofiq ketayotganligini nazorat qilib boriladi
  • Risklarni boshqarish: Loyihada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlanadi va bartaraf etiladi.

Loyihani Yakunlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Loyiha topshirish: Loyihaning yakuniy mahsuloti yoki natijasi mijozga topshiriladi.
  • Hisobot va tahlil: Loyihaning muvaffaqiyati va kamchiliklari tahlil qilinadi, hisobot tayyorlanadi va kelajakdagi loyihalar uchun yakuniy xulosalar chiqariladi.

Metodologiyalar[3]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Waterfall (Kaskad):
    • Loyihaning har bir bosqichi birin-ketin, oldindan tuzilgan aniq reja boʻyicha amalga oshiriladi.
  2. Agile (Tezkor):
    • Moslashuvchan va iterativ yondashuv boʻlib, tezkor oʻzgarishlarga moslashadi:
      1. Skram: Agile metodologiyasining bir turi boʻlib, qisqa vaqt ichida aniq vazifalarni bajarish maqsadida foydalaniladi
      2. Kanban: Ish jarayonini vizuallashtirish metodikasi boʻlib, u jarayonni vizual boshqarish uchun foydalaniladi.

Loyiha boshqaruvi muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asosiy tamoyillar, vositalar va metodologiyalarni oʻz ichiga oladi. Statistikaga koʻra samarasiz loyiha boshqaruvi sabab oʻrtacha 70% loyihalar yakunlanmaydi yoki umuman amalga oshmaydi[4]. Samarali loyiha boshqaruvi nafaqat loyihaning oʻz vaqtida va byudjet doirasida bajarilishini taʼminlaydi, balki loyiha jamoasining ishini muvofiqlashtirish va resurslarni samarali boshqarish orqali yuqori sifatli natijalarga erishishga yordam beradi.

  1. „PMI | Project Management“.
  2. „The Four Phases of Project Management“.
  3. „Project Management Methodologies & Frameworks You Should Know“.
  4. „Project Management Statistics: Trends and Common Mistakes in 2024“.