(Go: >> BACK << -|- >> HOME <<)

Kontent qismiga oʻtish

Boks 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boks 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Oʻtkazilgan inshootlari Roland Garros stadioni
Joy Parij, Fransiya
Sana 24–iyuldan 8-avgustgacha
Ishtirokchilar 248
← 2020
2028 →

2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida boks boʻyicha musobaqalar 27-iyuldan 10-avgustgacha qadar boʻlib oʻtdi[1]. Musobaqada 248 nafar bokschi (124 erkak va 124 ayol) ishtirok etdi. 13 ta sovrinlar toʻplami oʻynaldi – 7 ta erkaklar va 6 ta ayollar[2]. Har bir vazn toifasida mamlakatdan faqat bitta sportchi qatnashdi. Anʼanaga koʻra, barcha yoʻnalishlarda yarim finalda magʻlub boʻlgan har ikki bokschi bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Olimpiada oʻyinlarida ketma-ket ikkinchi marta bokschilar himoya dubulgʻalarisiz chiqish qilishdi, bu qoida ayollarga taalluqli emas edi.

2022-yil iyunda Xalqaro olimpiada qoʻmitasi Xalqaro boks assosiasiyasini musobaqalarni tashkillashtirishdan chetlashtirdi, bu „moliyaviy, boshqaruv, etika, hakamlik va referilik sohalaridagi uzoq muddatli muammolar“ sababli amalga oshirildi. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi musobaqalarga saralash uchun oʻzining mezonlarini belgiladi[3].

Har bir Milliy olimpiya qoʻmitasiga har bir sport turi boʻyicha bittadan sportchi qatnashishi mumkin edi. Oltita kishi (uchta erkak va uchta ayol) mezbon davlatga (Fransiya) va yana toʻqqiz kishi (toʻrtta erkak va beshta ayol) Uch tomonlama komissiya tomonidan taklifnoma boʻyicha ajratildi[4].

Boks 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Sana 27.07 28.07 29.07 30.07 31.07 01.08 02.08 03.08 04.08 05.08 06.08 07.08 08.08 09.08 10.08
Erkaklar 51 kg gacha 1/8 1/4 1/2 F
Erkaklar 57 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Erkaklar 63,5 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Erkaklar 71 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Erkaklar 80 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Erkaklar 92 kg gacha 1/8 1/4 1/2 F
Erkaklar 92 kg dan ortiq 1/8 1/4 1/2 F
Ayollar 50 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Ayollar 54 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Ayollar 57 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Ayollar 60 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Ayollar 66 kg gacha 1/16 1/8 1/4 1/2 F
Ayollar 75 kg gacha 1/8 1/4 1/2 F
1/16 1/16 final 1/8 1/8 final 1/4 shorak final 1/2 yarim final F Final

Medal natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medal jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Qalin oʻz toifasidagi eng koʻp medallar sonini koʻrsatadi; mezbon mamlakat ham taʼkidlangan)

Medallarning umumiy soni
Oʻrin Davlat Oltin Kumush Bronza Jami
1
2
3
4
5
Jami 13 13 26 52

Medal tadbirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turi Oltin Kumush Bronza
51 kg gacha
57 kg gacha
63,5 kg gacha
71 kg gacha
80 kg gacha
92 kg gacha
92 kg dan ortiq
Turi Oltin Kumush Bronza
50 kg gacha
54 kg gacha
57 kg gacha
60 kg gacha
66 kg gacha
75 kg gacha
Roland Garros stadioni sahnada (Imkoniyat: 15 525)