Florence Fuller

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
13-May 2024, 12:50 dagi Salazarov (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Florence Fuller

Florence Fullerning qalamda chizilgan portreti (1897-yil)
Tavalludi 1867 (1867)
Vafoti 17-iyul 1946-yil
Gladesville, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Sohasi rassomchilik
Ta'limi

Florence Ada Fuller (talaffuzi: Florens Ada Fuller; 1867-yilda tug'ilgan — 1946-yil 17-iyulda vafot etgan) — Janubiy Afrikada tug'ilgan avstraliyalik rassom. Asli Port Elizabethdan bo'lgan Fuller bolaligida oilasi bilan Melburnga ko'chib kelgan. Shaharda amakisi, rassom Robert Hawker Dowling va o'qituvchisi Jane Sutherland bilan mashg'ulot o'tkazardi. Viktoriya san'at maktabi milliy galereyasida saboq oldi. 1880-yillarning oxirida esa professional rassom sifatida o'z o'rniga ega bo'la boshladi. 1892-yilda Avstraliyani tark etib, avval Janubiy Afrikaga (u yerda Cecil Rhodes bilan uchrashib, u uchun bir nechta rasmlar chizgan), so'ngra Yevropaga sayohat qilgan. 1899-yilda Rodos portretini chizish uchun Janubiy Afrikaga qaytgan rassom, bu yerlarda yana o'n yil davomida yashab, o'qiydi. 1895—1904-yillarda uning asarlari Parijda joylashgan Salon ko'rgazmasida hamda London Qirollik akademiyasida namoyish etilgan.

1904-yilda Fuller Avstraliyaga qaytib, Pert shahrida istiqomat qila boshlaydi. Teosofiya jamiyatining faol a'zolaridan biriga aylanadi. Shu davr mobaynida musavvir ijodidagi A Golden Hour (2013-yilda Avstraliya Milliy Galereyasi tomonidan sotib olganida "shohasar"[1], deya taʼriflangan) kabi durdona kartinalarini yaratdi. 1908-yildan boshlab Fuller ko'p sayohat qila boshlaydi. Dastlab, Hindiston va Angliyada yashab, so'ngra Sidneyda qo'nim topadi. 1920-yildan Yangi Janubiy Uels rassomlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan Tasviriy va amaliy san'at maktabida figuralar chizish saboqlari bo'yicha katta o'qituvchi sifatida ishlay boshlaydi. Musavvir 1946-yilda vafot etgan.

Portret va landshaft chizmalari bo'yicha tanilgan Fuller, o'zining yorqin faoliyati davomida yuqori baholangan. 1914-yilga kelib to'rtta mashhur galereyasida namoyish etildi. Uchtasi Avstraliyada va bittasi Janubiy Afrikada. Ushbu natija o'sha paytlarda avstraliyalik rassom ayol uchun rekord bo'lgan. 1927-yilda qariyb yigirma yillik ruhiy kasalxonaga yotqiziladi. Rassom shu yerda vafot etgan.

O'limidan so'ng, avstraliyalik rassomlar haqidagi manbalardan u haqidagi ma'lumotlar tez-tez olib tashlana boshlangan. Uning rasmlari Janubiy Avstraliya san'at galereyasi, G'arbiy Avstraliya san'at galereyasi, Avstraliya milliy galereyasi, Viktoriya milliy galereyasi, Yangi Janubiy Uels san'at galereyasi va Avstraliya milliy portret galereyasi kabi ommaviy san'at kolleksiyalarida saqlanayotganiga qaramay, uning ijodi haqidagi ma'lumotlar noaniq bo'lib qolgan.

Hayoti

Florence Fuller 1867-yilda Janubiy Afrikaning Port-Elizabet shahrida Louisa va John Hobson Fullerlarning qizi sifatida tug‘ilgan. Uning bir nechta aka-ukalari bo'lgan. Ular orasida opa-singillar Amy va Christie ham bor edi, ularning ikkalasi ham keyinchalik qo'shiqchi bo'lishgan.

Florence bir yoshga to'lganida oila Avstraliyaga ko'chib o'tadi. Bo'lajak rassom san'at bo'yicha o'qiyotganda xususiy o'qituvchi bo'lib ishlab yurgan kezlarida, dastlab 1883—1888-yillar oralig'ida Viktoriya san'at maktabining Milliy galereyasida ta'lim ola boshlaydi. Bu davrda u Jane Sutherlandning talabasi bo'lgan[2].

Fuller 1889-yilda Viktoriya rassomlari jamiyati tomonidan yigirma besh yoshgacha bo'lgan rassom orqasidagi eng yaxshi chizilgan portret nominatsiyasida mukofotga sazovor bo'lgan[2].

Melburnning Pine Grove shaharchasida o'z studiyasiga bo'lgan (1891-yil, avgust)[3].

1927-yilda (60 yoshida) Gladesville ruhiy kasalxonasiga topshiriladi[4]. Deyarli yigirma yildan so'ng, 1946-yil 17-iyulda vafot etdi. Rassom Rookwood qabristoniga dafn qilingan[2].

Konder chekkasidagi Florence Fuller ko'chasi (Kanberra) uning sharafiga nomlangan[5].

Uslubi va merosi

Gazetachi bola (1888), 2019-yilda Viktoriya milliy galereyasi tomonidan sotib olingan[6].

Gwenda Robb va Elaine Smith o'zlarining Concise Dictionary of Australian Artists (Avstraliya rassomlari haqida qisqacha) kitobida Fullerning san'atini "impressionizmdan qarzdor erkin rassomchilik uslubi"da yaratilgan deb hisoblashgan[7]. XX asrning 1-dekadasida yozilgan sharhlar uning o'ziga xos avstraliyalik uslubiga e'tibor qaratadi.

Fullerning asarlaridan biri Londondagi mustamlakachi rassomlarning ko'rgazmasiga (shu jumladan Kanada va Avstraliya rasmlari bilan birga) Adelaide Advertiser muxbiri Fullerning hissasini "haqiqiy avstraliyancha tuyg'u bag'ishlaydi", deya ta'riflaydi[8].

1904-yilda Qirollik akademiyasida osilgan asarlari ko'rib chiqilib, Pertlik tanqidchi shunday deydi: "Akademiyada namoyish etilgan 16 yoki 17 avstraliyalik rassomlar orasida Miss Fuller odatda Avstraliya sahnasini tanlagan yagona ijodkor bo'lgan. Uning rasmida oq kiyimda, qishloqning butalar o'sgan qismida, nozikkina yosh qiz tasvirlangan.

Londondagi Observer gazetasininh ta’kidlashicha, qizning nafis qomatini cho‘milayotgan muhit subtropik issiqlik notasi orqali boshqari biladi[9].

Western Mail tanqidchisi G'arbiy Avstraliya san'at jamiyatining 1906-yilgi ko'rgazmasini ko'rib chiqib, Fullerning asarlarini namoyishdagi eng yaxshisi, deb hisoblaydi hamda "bu voqea Miss Fuller uchun yana bir g'alabani taqdim etadi", deya qo'shimcha qiladi[10].

Galereya

 

Manbalar

Adabiyotlar 
  • McFarlane, Jenny. Concerning the Spiritual: The influence of the Theosophical Society on Australian Artists 1890–1934. Melbourne: Australian Scholarly Publishing, 2015. ISBN 9781921875151. 

Havolalar

  1. Gray, Ann (2013). "Masterpieces for the nation 2013. Florence Fuller's A golden hour". Artonview (73): 28–29. Archived from the original on 5 November 2013. https://web.archive.org/web/20131105053455/http://artsearch.nga.gov.au/Detail.cfm?IRN=223338. Qaraldi: 4 November 2013. Florence Fuller]]
  2. 2,0 2,1 2,2 Kerr. „Florence Fuller – biography“. Design and Art Australia Online (1995). 2013-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr. Kerr, Joan (1995). "Florence Fuller – biography". Design and Art Australia Online. Archived from the original on 12 November 2013. Retrieved 4 November 2013. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "DAAOKerr" defined multiple times with different content
  3. „Around the Melbourne studios“. Illustrated Sydney News (1891-yil 1-avgust). Qaraldi: 2021-yil 29-aprel.
  4. McFarlane, Jenny (2010). "Florence Fuller in Adyar". Theosophy in Australia 74 (1): 15–18. 
  5. „National Memorial Ordinance 1928 Determination of Nomenclature Australian Capital Territory National Memorials Ordinance 1928 Determination of Nomenclature“. Commonwealth of Australia Gazette. Periodic (National : 1977 – 2011) (1988-yil 31-avgust), s. 1. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
  6. Varcoe-Cocks, Michael (1 April 2020). "The paper boy 1888", National Gallery of Victoria. Retrieved 30 September 2020.
  7. Robb, Gwenda „Florence Fuller“,. Concise Dictionary of Australian Artists Robert Smith: . Melbourne: Melbourne University Press, 1993 — 95 bet. ISBN 0-522-84478-2. 
  8. „Colonial art“. The Advertiser (1902-yil 2-avgust), s. 5. Qaraldi: 2013-yil 6-noyabr.
  9. „An Australian Artist“. The Daily News (1904-yil 26-sentyabr), s. 5: Third edition. Qaraldi: 2013-yil 5-noyabr.
  10. „Western Australian Art Society“. Western Mail. Perth: National Library of Australia (1906-yil 13-oktyabr), s. 14. Qaraldi: 2013-yil 6-noyabr.