Epidemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Epidemiya (epi... va yun. yeto — xalq) — infeksion kasalliklar maʼlum hududda, odatdagidan koʻp tarqalishi. Endemiya E.si va pandemiya E.si farqlanadi. Infeksiya manbai (kasallik qoʻzgʻatuvchisi bilan zararlangan odam yoki hayvon), qoʻzgʻatuvchining yuqish sabablari, shuningdek, organizmning mazkur kasallikka beriluvchanligi uzoq vaqt saqlanganda E. vujudga keladi va davom etadi. Bunda tez kasallik oʻchogʻini topib, atrofidagi aholining xavfsizligini taʼminlash, kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarning bemorlardan sogʻlom odamlarga oʻtish yoʻllarini bartaraf etish (mas, oʻlat E.sida kemiruvchilarni yoʻqotish, bemorlarni ajratib qoʻyish) va kasallikka beriluvchan kishilarni emlash choralari koʻriladi.