(Go: >> BACK << -|- >> HOME <<)

Real Madrid CF

Ispaniya futbol klubi

Real Madrid Club de Fútbol (Real Madrid qirollik klubi), koʻpincha ishlatiladigan nomi — Real Madrid Ispaniyaning professional futbol klubi. Ushbu klub 32 marta La Liga chempionligiga, 19 marta "Copa del Rey" kubogiga, 9 ta Ispaniyaning superkubogiga, 10 ta UEFA Chempionlar Ligasi chempionligiga, 2 ta UEFA kubogiga, 1 ta UEFA superkubogiga va 3 ta Qitʼalararo kubokka ega boʻlib, Ispaniyaning eng muvaffaqiyatli klubi hamda FIFA tomonidan XX asrning eng yaxshi klubi deya topilgan. Real dunyodagi eng katta byudjetli futboli klublaridan biri hisoblanadi. Real Madrid — Ispaniya oliy divizionini hali biror marta ham tark etmagan uch klubdan (Barselona, Atletik Bilbao) biridir. Real Madrid va Barselona ishtirokida klublar oʻrtasida dunyoning eng yaxshi oʻyinlaridan biri boʻlgan „El Clasico“ boʻlib oʻtadi.

{{{nomi}}}
Toʻliq nomi Real Madrid Club de Fútbol
Laqabi Los Blancos (Oqlar)
Los Merengues (Merengalar)
Los Vikingos (Vikinglar)
Asos solingan 6-mart, 1902-yil, Madrid futbol klubi
Stadion Estadio Santiago Bernabéu,
Madrid, Ispaniya Real Madrid CF
Stadion hajmi 85,454
Rahbari Real Madrid CF Jason Wong
Murabbiyi Real Madrid CF Karlo Anchelotti
Sardori Iker Casillas
Reytingi UEFA reytingida 4-nchi o'rin
IFFHS reytingida 2-nchi o'rin
Vebsayt www.realmadrid.com; real-madrid.uz
Musobaqasi
2013-14
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi
Yevrokuboklar
UEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasiUEFA Chempionlar ligasi Fayl:Coppaintercontinentale.pngFayl:Coppaintercontinentale.pngFayl:Coppaintercontinentale.png

Tarix

Tashkil topishi

 
Jamoaning uchinchi ramzi (1920—1931)
 
Jamoaning birinchi ramzi(1902—1908)
 
Jamoaning ikkinchi ramzi (1908—1920)

1896 yili „Futbol sky“ klubi tashkil topdi, Bu klub Madrid klubining birinchi nomi edi. Lekin klubning rasman tashkil topgan sanasi 1902-yil 6-mart hisoblanadiki, oʻsha vaqtda aka-uka Padros va Xulian Palasioslar Madrid Football Club nomli klubni ochishga muvaffaq boʻlishadi. 1920-yil 29-iyun kuni Ispaniya qiroli Alfonso XIII klubni Qirollik klubi mavqeini berishga qaror qildi. Bu mavqei Ispaniyada Real deb nomlanadi. Shuning bilan hozirgi zamonaviy Real Madrid nomi kelib chiqdi.

Klub tashkil topishi bilanoq ispan futboli liderligiga asosiy daʼvogarlik qiladigan klublar qatoriga qoʻshildi. 1903-yilni oʻzidayoq mamlakat kubogi finaligacha chiqdi, ammo finalda Atletik Bilbaoga imkoniyatni boy berdi. Bir necha yillardan soʻng, ketma-ket Ispaniya kubogini toʻrt marta qoʻlga kiritib, uzoq muddat poytaxtda ushlab turishdi. Ispaniya chempionati 1928/29 mavsumidan boshlab oʻtkazila boshlandi, ungacha klublar regionlar boʻyicha kim kuchli ekanligini aniqladilar. „Madrid“ (1920-yildan boshlab — Real Madrid) bungacha poytaxt okrugida 16 marta yetakchilik qildi.

Yuksalish

 
Real Madrid 1905 yilda.

Oʻtgan asrning 50-yillari oʻrtalarida Yevropada klublar va milliy terma jamoalar musobaqalarini muntazam tashkil qilish uchun kontinental futbol federatsiyasi tuzishga qaror qilindi. U yerda „Real Madrid“ hali asosiy favorit emasdi. Lekin, aynan Real Madrid 1954/55 mavsum birinchiligida zafar quchib, ispan klublari orasida birinchi Yevropa kubogi chempioni boʻldi. Shu ondan boshlab „Real Madrid“ besh yil yevropaning eng yuksak darajasida mustahkam oʻrnashdi. Xalqaro maydondagi muvaffaqqiyatli yurishlar ichki chempionatdagi gʻalabalar bilan „Real Madrid“ga 1954-yildan 1969-yilgacha hamroh boʻldi. Shu vaqt davomida shunday holat yuz berdiki, agar „Real Madrid“ ichki chempionatda birinchilikni qoʻldan chiqarsa, albatta Chempionlar Kubogini qoʻlga kiritar edi. Shu tarzda ular doimo yevropaning nufuzli turnirlarida ketma-ket 15 yil muvaffaqqiyatli qatnashib keldilar. 1970 yilga kelib esa, birinchi marta yevropa turnirlarida qatnasha olmadilar. „Real Madrid“ning oʻsha oltin davrlarida Alfredo Di Stefano (Yevropaning 1957 va 1959-yillardagi eng yaxshi futbolchisi), fransiyalik Raymond Kopa (Oltin to’p sohibi, 1958-yil) vengriyalik Ferents Pushkash (1960 yilda Yevropaning ikkinchi futbolisti), Fransisko Xento (6 karra Chempionlar kubogi sohibi) va boshqalar porlagan edilar. 60-yillar oʻrtalarida Xento safiga yana Xose Santamariya, Amansio va Pirrilar ham qoʻshilishdi.

Asta sekin veteran oʻyinchilar ketishi bilan Yevropadagi gʻalabalar anʼanasi yoʻqolib boraverdi. Keyingi katta parvozni deyarli yigirma yil kutishga toʻgʻri keldi, qachonki u vaqtda Emilio Butraguenyo boshchiligida Michel, Ugo Sanches, Manolo Sanchis, Martin Vaskes va Migel Pardesalar UEFA Kubogini ikki marta va ichki chempionatni ketma-ket besh marta yutgan edilar.

90-yillar

Chempionlar kubogining yettinchi gʻalabasi poydevorini qoʻygan Fabio Kapello edi. U klubga Roberto Karlos, Klarens Zeyedorf, Miyatovich, Shuker, Panuchchilarni taklif qildi. Bu oʻyinchilar Raul, Yerro, Redondo, Kanisares va bir yil kechroq qoʻshilgan Morienteslar bilan bir safda asosiy jamoani tashkil qilishdi, keyinchalik esa nemis Yupp Xaynkes qoʻl ostida 1997/98 mavsumidagi Chempionlar ligasini qoʻlga kiritishdi. Biroq ichki birinchilikda „Real Madrid“ bor yoʻgʻi toʻrtinchi oʻrin bilan kifoyalandi va Xaynkes oʻz joyini Gus Hiddinkga boʻshatdi. Gus oʻz oʻrnida 1999-yil fevraliga qadar faoliyat olib bordi, undan keyin Jon Toshak keldi. U ham oʻsha yilning noyabr oyida raxbariyat tomonidan boʻshatildi. Endilikda jamoani Visente Del Boskega ishonib topshirildi. U chempionatdagi oʻrinni tubdan oʻzgartira olmadi (8-oʻrindan 5-oʻringa koʻtarilgan), lekin navbatdagi Chempionlar ligasi triumfiga jamoani boshlab kela oldi.

Peres prezidentligi

 
Zayniddin Zidan „Real“ tarkibida

Klubning yangi prezidenti etib, jamoaga dunyoning eng yaxshi futbolchilarini yigʻishni qaror qilgan inson — Florentino Peres saylandi. Peres faoliyatini Barselona klubi aʼzosi, portugaliyalik Luish Figuni rekord darajadagi summaga, 71 million yevroga sotib oldi. Bir yil oʻtgandan soʻng, klubda Zayniddin Zidan paydo boʻldi. U Yuventusdan yana ham qimmatroqqa, 75 million yevroga harid qildi. Yana bir oʻtgandan soʻng Interdan Ronaldo, 2003 yili yozida — Bekxem, 2004 — Ouenlar kelib qoʻshilishdi. Shu asnoda, 2004/05 mavsumida toʻrtta „Oltin toʻp“ sohiblari birgalikda oʻynashdi: Ronaldo (1997 va 2002 yillarda dunyoning eng yaxshi o’yinchisi), Zidan (eng yaxshi — 1998), Figu (eng yaxshi — 2000), Ouen (eng yaxshi — 2001). Bu yulduzlar yigʻilishini „Galaktikos“ deb atay boshlashdi. Besh yildan ortiqroq vaqtdagi Peresning klubni boshqarishida (oʻz vazifasidan 2006 yil fevralida ozod etilgan) „Real Madrid“ ikki marta Ispaniya chempioni va bir marotaba Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlishga ulgurdi.

Kalderon prezidentligi

Florentino Peresdan soʻng, klub prezidenti etib Ramon Kalderon tayinlandi. Uning boshqarish uslubi oldingi vazifadoshidan farq qilar edi. Kalderon oʻz oldiga maqsad qilib, eng yaxshi oʻyinchilarni sotib olishni qoʻymadi, garchi uning saylovoldi vaʼdasi Krishtianu Ronalduni sotib olish boʻlgan edi, lekin amalga oshirolmagandi. Kalderon vaqtida Bekxem, Roberto Karlos, Robinyo, Ronaldo ketdi, yaʼni, Peres „meros“larining barchasi sotildi. Lekin uning faoliyati davrida ham muvaffaqqiyatli transferlar amalga oshirilgan edi. 2009 yilda 2006 yilgi saylovlardagi ovozlar oʻzgartirilgani haqidagi mojarolardan keyin Ramon Kalderon isteʼfo berishga majbur boʻldi. Kalderon boshchiligidagi toʻrt yil ichida Real Madrid ikki marta ketma-ket Ispaniya chempioni va bir marta Superkubok sohibi boʻldi.

Peresning qaytishi

2009-yil 1-iyunda Florentino Peres yana Real Madrid prezidenti boʻldi, eʼtborlisi hech qanday ovoz berishlarsiz, sababi uning raqiblari oʻz nomzodlarini olib tashlagan edilar. Yana qaytishidan soʻng, Peres umuman yangicha „galaktikos“ni qayta tiklashga kirishdi. Boshlanishiga klub raxbariyatida oʻzgarishlar sodir boʻldi: prezident maslahatchisi etib Real Madrid sobiq futbolchisi Zayniddin Zidan tayinlandi. 9-iyunda uzoq muzokaralar va har xil ovozalardan soʻng, Italiyaning Milan klubi va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kaka Real Madridga 68 million yevro evaziga oʻtdi. U klub bilan olti yillik shartnoma tuzdi va Peres qaytganidan keyin klubdagi birinchi yangi yulduz oʻyinchi boʻldi. Keyin esa dunyoning 2008-yil yildagi eng yaxshi oʻyinchisi, Real Madrid klubida oʻynash azaliy orzusi hisoblangan Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolandi. Portugaliyalik uchun Real Madrid 80 million funt sterling (93,4 million yevro) toʻladi. 25-iyunda Real Madridga Valensiyadan 15 million yevroga Raul Albiolni olib keldi. 1-iyulda Lyon klubi Real Madridga oʻz oʻyinchisi Karim Benzema oʻtishini rasman tasdiqladi. Transfer summasi 35 million yevroni tashkil etdi. Real Madrid qarorgohiga Esteban Granero va Liverpulda oʻng qanot himoyasida ishtirok etayotgan Alvaro Arbeloalar kelishdi. Arbeloa summa transferi 4 millionni tashkil qildi va u bilan 5 yillik shartnoma tuzildi. Arbeloadan tashqari Liverpuldan 5-avgust kuni Xabi Alonso ham kelib qoʻshildi. Uning narxi esa 30 million funt sterlingga baholandi.

 
Joze Mourinyo matbuot anjumanida

Jiddiy qoʻlga kiritishlarga qaramasdan jamoaga mavsumda bironta ham trofey nasib qilmadi. Ispaniya chempionati yakunida Barselonaga birinchilikni boy berib ikkinchi oʻrinni egalladi. Chempionlar ligasida esa ketma-ket oltinchi marta 1/8 finalidan oʻtishni uddalay olmadi. Ispaniya kubogida esa birinchi bosqichidanoq Ispaniyaning uchinchi divizionida ishtirok etuvchi Alkorkonga imkoniyatni boy berdi. Mavsum yakuniga koʻra, qoniqarsiz natijalar uchun bosh murabbiy Manuel Pellegrini egallab turgan lavozimidan boʻshatildi. Uzoqqa bormagan muzokaralardan soʻng, Real Madrid bosh murabbiyi etib Joze Mourinyo „The Special One“ tayinlandi.

2010/11 mavsum oldi yozgi transferlarida klubga Portugaliyalik himoyachi Rikardu Karvalyu, yosh ispan yarim himoyachilari Pedro Leon va Serxio Kanales, Germaniyadan Sami Xedira va Mesut O’zil, shuningdek, kelajagi porloq deya hisoblangan argentinalik Anxel Di Marialar kelib qoʻshildi. 2010/11 mavsumida Joze Mourinyo boshchiligida finalda Barselonani yutib, Ispaniya kubogiga ega boʻlishdi. Shu mavsumda Krishtianu Ronaldo ichki chempionatda 41 ta gol urib rekord oʻrnatdi. Krishtianu Ronaldo Real Madrid tarixidagi 20 ta eng kuchli bombardirlar safiga qoʻshildi.

Jamoa 2011-yil yozida oʻz tarkibini kuchaytirishda yana davom etdi. Germaniya klublaridan ikki turk Nuri Shahin va Hamit Altintoplarni oʻz safiga qoʻshib oldi. Va yana Xose Kalyexon, Rafael Varan, Fabio Koentraularni ham jamoa tarkibiga jalb etildi. Bundan tashqari, 22-iyun kuni jamoa rasmiy eʼloniga koʻra, Joze Mourinyo jamoaning sport menejeri etib tayinlandi. Shu yoʻl bilan Real Madrid jamoani boshqarishning ingliz modeliga oʻtdi.

2011/12 mavsum so'nggida chempionatda 100 ochko yiqqan holda Primeraning yangi rekordini o'rnatdi. Qirollik klubi 2009/10 mavsumda 99 ochko yig'gan Barselonaning rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, Real bir mavsumda 32 ta o'yinda g'alaba qozona olgan birinchi jamoa ham bo'ldi.

2012-yil yozida Angliyaning Tottenxem klubidan Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich xarid qilindi va Chelsidan Maykl Essyen ijaraga olindi. Lekin klubdan bir qator yarim himoyachilar ketdi. Valensiya jamoasiga Fernando Gago va Serxio Kanales, Galatasaray jamoasiga Xamit Altintop, QPR jamoasiga Esteban Granero, Anji jamoasiga Lassana Diarra, Liverpulga ijara asosida Nuri Şahin ketdi, keyinchalik 2012-yil qishki transferda Borussiaga ijaraga berildi. Shuningdek, yozda Daniel Karvaxal Bayer 04ga hamda himoyachi Royston Drente Alaniya jamoasiga o'tgan holda jamoani tark etishdi. Qishki transferda darvozabon Diego Lopez jamoaga qaytib qo'shildi. Ungacha u Villareal va Sevilya jamoalarida o'ynagan.

2012/2013 mavsumni "Real Madrid" Ispaniya superkubogida "Barselona" ustidan g'alaba qozongan holda boshladi. Primera yakuniga ko`ra ikkinchi o`rinni egalladi. Ispaniya kubogida "Barselona"ni turnirdan chiqargan holda finalgacha yetib keldi, ammo finalda "Atletiko Madrid" 1:2 hisobda mag`lubiyatga uchrab, kubokdan mahrum bo'ldi. Chempionlar ligasida esa yarim finalda "Borussia Dortmund" jamoasiga umumiy hisobda 3:4 ga mag'lubiyatga uchrab, turnirdan chiqib ketdi.

2013-yilning 20-may kuni Joze Mourinyo jamoani tark etishi ma'lum bo`ldi[1][2]. 2-iyunda Florentino Perez "Real Madrid"ning prezidenti etib qayta saylandi.

Anchelotti davri va O`ninchi kubok (La Decima)

27-iyun kuni Karlo Anchelotti jamoaning yangi murabbiyi etib tanishtirildi[3][4]. Bosh murabbiy yordamchilari etib, Zayniddin Zidan va angliyalik Pol Klementlar tayinlandi.
Anchelotti jamoaga kelib bir qancha o'zgartirishlar qildi. Jumladan, taktik tizimda o'zgartirish qildi. Jamoa 4-2-3-1 taktik sxemasidan 4-3-3 sxemasiga o'tdi, albatta asta-sekinlik bilan. La-Ligada jamoaning ishlari dastlabki turlarda unchalik yurishmadi, biroq Chempionlar Ligasida omadli startni amalga oshirdi. Guruh bosqichi yakuniga ko'ra jamoa 1-o'rinni egallagan holda pley-off yo'llanmasini naqd qildi. Nimchorak finalda Germaniyaning o'rtamiyona jamoalaridan sanalmish Shalke 04 jamoasi raqiblik qiladigan bo'ldi.

Rasmiy kiyimlari tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Uchrashuvlar tarixi

Fasl Divizion Oʻrin Kubok Xalqaro musobaqalar
1929 2-chi Finalchi
1929/30 5-chi Finalchi
1930/31 6-chi 1/4
1931/32 Chempion 1/8
1932/33 Chempion Finalchi
1933/34 2-chi Gʻolib
1934/35 2-chi 1/8
1935/36 2-chi Gʻolib
1939/40 4-chi Finalchi
1940/41 6-chi 1/8
1941/42 2-chi 1/4
1942/43 10-chi Finalchi
1943/44 7-chi 1/8
1944/45 2-chi 1/8
1945/46 4-chi Gʻolib
1946/47 7-chi Gʻolib
1947/48 11-chi 1/8
1948/49 3-chi 1/8
Fasl Divizion Oʻrin Kubok Xalqaro musobaqalar
1949/50 4-chi 1/2
1950/51 9-chi 1/2
1951/52 3-chi 1/2
1952/53 3-chi 1/2
1953/54 Chempion 1/2
1954/55 Chempion 1/2
1955/56 3-chi 1/2  UL Gʻolib
1956/57 Chempion 1/4  UL Gʻolib
1957/58 Chempion Finalchi  UL Gʻolib
1958/59 2-chi 1/2  UL Gʻolib
1959/60 2-chi Finalchi  UL Gʻolib
1960/61 Chempion Finalchi UL 1/8
1961/62 Chempion Gʻolib UL Finalchi
1962/63 Chempion 1/2 UL 1/8
1963/64 Chempion 1/4 UL Finalchi
1964/65 Chempion 1/8 UL 1/4
1965/66 2-chi 1/4  UL Gʻolib
1966/67 Chempion 1/4 UL 1/4
Fasl Divizion Oʻrin Kubok Xalqaro musobaqalar
1967/68 Chempion Finalchi UL 1/2
1968/69 Chempion 1/8 UL 1/8
1969/70 5-chi Gʻolib UL 1/8
1970/71 4-chi 1/16 UK Finalchi
1971/72 Chempion 1/2 UK 1/16
1972/73 4-chi 1/8 UL 1/2
1973/74 8-chi Gʻolib UK 1/32
1974/75 Chempion Gʻolib UK 1/4
1975/76 Chempion 1/2 UL 1/2
1976/77 9-chi 1/16 UL 1/8
1977/78 Chempion 1/8
1978/79 Chempion Finalchi UL 1/8
1979/80 Chempion Gʻolib UL 1/2
1980/81 2-chi 1/4 UL Finalchi
1981/82 3-chi Gʻolib UK 1/4
1982/83 2-chi Finalchi UK Finalchi
1983/84 2-chi 1/2 UK 1/32
1984/85 5-chi 1/8 Andoza:Kubok УЕФАUK Gʻolib
1985/86 Chempion 1/2 Andoza:Kubok УЕФАUK Gʻolib
1986/87 Chempion 1/2 UL 1/2
1987/88 Chempion 1/2 UL 1/2
1988/89 Chempion Gʻolib UL 1/2
1989/90 Chempion Finalchi UL 1/8
Fasl Divizion Oʻrin Kubok Xalqaro musobaqalar
1990/91 3-chi 1/8 UL 1/4
1991/92 2-chi Finalchi UK 1/2
1992/93 2-chi Gʻolib UK 1/4
1993/94 4-chi 1/4 UK 1/4
1994/95 Chempion 1/8 UK 1/8
1995/96 6-chi 1/8 CHL 1/4
1996/97 Chempion 1/8
1997/98 4-chi 1/8   CHL Gʻolib
1998/99 2-chi 1/2 CHL 1/4
1999/00 5-chi 1/4   CHL Gʻolib
2000/01 Chempion 1/32 CHL 1/2
2001/02 3-chi Finalchi  CHL Gʻolib
2002/03 Chempion 1/4 CHL 1/2
2003/04 4-chi Finalchi CHL 1/4
2004/05 2-chi 1/8 CHL 1/8
2005/06 2-chi 1/2 CHL 1/8
2006/07 Chempion 1/8 CHL 1/8
2007/08 Chempion 1/8 CHL 1/8
2008/09 2-chi 1/16 CHL 1/8
2009/10 2-chi 1/16 CHL 1/8
2010/11 2-chi Gʻolib CHL 1/2
2011/12 Chempion 1/4 CHL 1/2
2012/13 2-chi Finalchi CHL 1/2
2013/14 3-chi Gʻolib  CHL Gʻolib

Ramz va ranglar

 
Klubning ramzlari oʻzgarishi bosqichi rasmlarda.

Klubning birinchi ramzi „Madrid Club de Football“ soʻzlarining bosh harflari oq koʻylakka toʻq koʻk rangda bezatilgan holda tikilgan oddiy tuzilishga ega edi. Birinchi oʻzgarish 1908 yilda yuz berdi, unda harflar yana ham silliq holatga keltirildi va doira ichiga joylashtirildi. Shaklga keyingi oʻzgartirish 1920 yilgacha, yaʼni prezident Pedro Parages davrigacha amalga oshirilmadi. U vaqtda qirol Alfonso XIII klubni qirollik homiyligiga olinganligini, u endilikda tahminiy tarjimasi „qirollikka qarashli“ boʻlgan „Real“ nomini berdi. Shu asnoda Alfonso toji klub ramziga qoʻshildi va klub Real Club de Futbol deya atala boshlandi. 1931 yili monarxiya parchalanishi bilan barcha qirollik ramzlari yoʻqotildi. Tojni oʻrnini doira orqasida katta Kastilya chizigʻi egalladi. 1941 yili Fuqarolar urushi tugaganidan ikki yil soʻng, ramzga „qirollik toji“ qayta tiklandi va Kastilya chizigʻi ham saqlanib qoldi. Undan tashqari, ramzning chekka chiziqlari tilla rang bilan tikildi, bu esa uni yanada koʻzga tashlanarli boʻlishida yordam berdi. Klub yana Real Club de Futbol deb atala boshlandi. Hozirgi ohirgi koʻrinishi 2001 yili amalga oshirildi. Sababi, klub 21 asr boshlanishida oʻz mavqeiga ega boʻlish va uni yanada oshirish harakatini boshlagan edi. Oʻzgarishlardan biri hisoblanib, orqadagi chiziq yana toʻqlashtirildi, yozuvlarga soya berildi va logotip devoriga yaqinlashtirildi.

Oq rang Real Madrid uyidagi oʻyinlarda anʼanaviy rang hisoblanadi, garchi dastlab oq koʻylakda koʻk qiya chiziq qabul qilingan boʻlsa ham. Lekin hozirgi formadan farqli oʻlaroq, 1902 yilda toʻq koʻk paypoq kiyishgan va yelkalardagi yoʻl-yoʻl chiziqlarni oʻrnida oppoq matoligicha boʻlgan. Oʻsha yilning oʻzida koʻk paypoqlar qora paypoqlarga alishtirildi. 1940 yil boshida kiyimga yana oʻzgartirishlar kiritilib, klub ramzi chap koʻkrakka oʻtkazildi (hozirgacha shu holatda qoldi) va koʻylakka tugma qoʻshildi. 1947 yil 23 noyabrda Metropolitano stadionida Atletiko Madridga qarshi raqamli koʻylak kiyib, Ispaniya klublari orasida birinchi marta raqamli koʻylak kiygan klub boʻldi.

Hozirgi vaqtda 1998 yildan beri klub uchun Adidas kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Birinchi koʻylakda koʻrsatiladigan homiy Zanussi kompaniyasi boʻldi. U bilan 3 yil shartnoma tuzdi. Keyinchalik Parmalat, Otaysi, Tekalar bilan shartnoma imzoladi. 2001 yilda Real Madrid bilan Tekaning shartnomasi tugadi va 1 yil klubning Realmadrid.com sayti logotipi qoʻyildi. Soʻng, 2002 yilda Siemens Mobile, 2006 yilda BenQ Siemenslar klub koʻylaklarida paydo boʻldi. Hozirgi kiyim homiysi bwin.com hisoblanadi.

Rasmiy kiyim homiylari va ishlab chiqaruvchilari

Yillar Ishlab chiqarishuvchilar Kiyim homiylari
1980–1982 Adidas yoʻq
1982-1985 Zanussi
1985-1989 Hummel Parmalat
1989-1991 Reny Picot
1991-1992 Otaysa
1992-1994 Teka
1994-1998 Kelme
1998-2001 Adidas
2001-2002 yoʻq
2002-2005 Siemens mobile
2005-2006 Siemens
2006-2007 BenQ Siemens
2007-2013 bwin.com
2013 - Fly Emirates


Statistika va hisobot

Hozirgi vaqtda Real Madrid uchun oʻynagan oʻyinlari hisobiga rekordni 1994—2010 yilgacha 741 marta oʻynagan Raul egallab turibdi. Manuel Sanches jr. esa 711 ta oʻyin bilan ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Darvozabonlar rekordini esa Iker Kasillas 572 ta oʻyin bilan egallab turibdi.

Raul Real Madridning tarixiy bombardiri boʻlib qoldi. 741 oʻyinda u 323 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Yana toʻrt kishi 200dan oshiq gol urishga muvaffaq boʻlishgan. Bular: Alfredo Di Stefano (1953-64), Santilyana (1971-88), Ferents Pushkash (1958-66) va Ugo Sanches (1985-92). Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu esa bir mavsumda 41 ta gol urib (2010/11), eng koʻp gol urgan oʻyinchi sifatida muhrlanib qoldi. Klub tarixidagi eng tez golni (15 sekund) Braziliyalik Ronaldo 2003 yil 3 dekabrida Atletiko Madrid klubi darvozasiga kiritgan edi.

 
Krishtianu Ronaldo va Diego Forlan

2006 yili Ispaniya kubogi vaqtida Santiago Bernabeu stadioniga rekord darajadagi 83 329 kishi oʻyinini tomosha qilish uchun kelgan. Eʼtiborli jihati shundaki, Santiago Bernabeu stadioniga 80 354 ta odam sigʻa oladi holos. 2007/08 mavsumida muxlislarninig oʻyinlarda oʻrtacha qatnashishi 76 234 taga yetdi. Bu esa Yevropa ligalaridagi eng katta koʻrsatkichdir. Mavsumlarni eng koʻpi bilan ketma-ket besh marta yutgan (1960-65 va 1985—1990 yillar). 1957 yil 17 fevraldan 1965 yil 7 martgacha, yaʼni, 121 ta La Liga oʻyinlarida oʻz stadionini magʻlubiyatsiz tark etgan.

Shuningdek, Real Madrid UEFA Chempionlar ligasida rekord darajada, 9 marta gʻalaba qozongan. Raul esa UEFA Chempionlar ligasining mutloq bombardiri deya hisoblanib kelinadi. Umumiy hisobda u 71 ta gol urgan, shulardan 66 tasini esa Real Madrid tarkibida urgan. Yevropa chempionlar kubogida ham 1955/56 mavsumdan 1969/70 mavsumigacha ketma-ket rekord darajada ishtirok etgan.

2009 iyunida shaxsiy rekordini qayta takrorlab, Manchester Yunayteddan 96 mln. yevroga Krishtianu Ronaldoni sotib oldi. Ungacha Yuventusdan Zayniddin Zidanni oʻsha vaqtdagi rekord summa 76 mln. yevroga sotib olgan edi. Sotish boʻyicha rekord esa 2013 yil 2 sentyabrida Arsenalgaga Mesut O`zilni 47 mln. yevro berib yuborganligi hisoblanadi.

Qoʻllab-quvvatlash

Koʻpincha uydagi oʻyinlarda stadionni oʻrindiqlarini asosan abonement egalari band qilishadi. Ular oʻrtacha 68 670 tani tashkil qiladi. Abonement egasi boʻlish uchun oldin klub aʼzosi boʻlish kerak. Aʼzolikdan tashqari, klubning 1800 dan ortiq fan klublari Ispaniya va butun dunyoda faoliyat yuritib kelmoqda. Real Madrid Santiago Bernabeuga oʻrtacha 65 000 muxlislarini oʻziga jalb qiladi. Bu esa dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Eng mashxur fan klublardan biri Ultras Sur hisoblanadi. Ular hatto Lazioning Irriducibili guruhi bilan ittifoq ham tuzishga ulgurishgan. Koʻpincha ular rasistlarga xos soʻzlar bilan raqib futbolchilarini haqoratlar qilganliklari uchun UEFA tomonidan ogohlantirilganlar.

Stadion

  • Santiago Bernabeu
  • Oʻrindiqlar soni: 85 454
  • Maydon hajmi: 107 x 72 metr
  • Manzili: Concha Espina, 1 28036 Madrid.

Futbolchilar

Ispaniya jamoalarida Yevropa Ittifoqi fuqaroligini olmagan futbolchilar soni uchtadan oshmasligi kerak. Roʻyxatda faqat oʻyinchilarning asosiy millati yozilgan va yevropalik boʻlmagan bir qancha oʻyinchilar Yevropa Ittifoqidagi biror davlatidan ham fuqarolikdan oʻtgan.

Asosiy jamoa

Amplua Futbolchi
1   ESP DR Iker Casillas (Sardor)
2   FRA HM Raphael Varane
3   POR HM Pepe Képler (sardor o'rinbosari)
4   ESP HM Sergio Ramos (sardor o'rinbosari)
5   POR YH Fábio Coentrão
6   GER YH Sami Khedira
7   POR HJ Cristiano Ronaldo
9   FRA HJ Karim Benzema
11   WAL YH Gareth Bale
12   BRA HM Marcelo (sardor o'rinbosari)
13   ESP DR Jesus Fernandez
14   ESP YH Xabi Alonso
Amplua Futbolchi
15   ESP YH Daniel Carvajal
16   BRA HM Casemiro
17   ESP HM Alvaro Arbeloa
18   ESP HM Nacho
19   CRO YH Luka Modrić
20   ESP HJ Jesé Rodríguez
21   ESP YH Alvaro Morata
22   ARG YH Angel di Maria
23   ESP YH Isco
24   ESP YH Asier Illarramendi
25   ESP DR Diego López


Ijaraga berilganlar

Amplua Futbolchi
  TUR YH Nuri Şahin ("Liverpul"ga)
  ESP YH Pedro León ("Getafe"ga)

Klub raxbariyati

Lavozimi Raxbar
Klub prezidenti Florentino Pérez
Klub faxriy prezidenti Alfredo Di Stéfano
1-chi prezident oʻrinbosari Fernando Fernández Tapias
2-chi prezident oʻrinbosari Eduardo Fernández de Blas
Kengash kotibi Enrique Sánchez González
Bosh direktor José Ángel Sánchez
Prezident devoni bosh direktori Manuel Redondo
institutsional munosabatlar direktori Emilio Butragueño
Sport direktori Miguel Pardeza
Ijtimoiy sfera boʻyicha direktor José Luis Sánchez
Huquqiy konsultativ kengash direktori Javier López Farre


Ohirgi yangilanish: 26 iyun 2011 y.
Manba: Real Madrid

Yutuqlar

Milliy

  •   Ispaniya chempionati: 32 (rekord)
    • 1931/32; 1932/33; 1953/54; 1954/55; 1956/57; 1957/58; 1960/61; 1961/62; 1962/63; 1963/64; 1964/65; 1966/67; 1967/68; 1968/69; 1971/72; 1974/75; 1975/76; 1977/78; 1978/79; 1979/80; 1985/86; 1986/87; 1987/88; 1988/89; 1989/90; 1994/95; 1996/97; 2000/01; 2002/03; 2006/07; 2007/08; 2011/12
  •   Ispaniya Kubogi: 19
    • 1904/05; 1905/06; 1906/07; 1907/08; 1916/17; 1933/34; 1935/36; 1945/46; 1946/47; 1961/62; 1969/70; 1973/74; 1974/75; 1979/80; 1981/82; 1988/89; 1992/93; 2010/11; 2013/14
  • Mankomunado chempionati: 23
    • 1904-05, 1905-06, 1906-07, 1907-08, 1909-10, 1912-13, 1915-16, 1916-17, 1917-18, 1919-20, 1921-22, 1922-23, 1923-24, 1925-26, 1926-27, 1928-29, 1929-30, 1930-31, 1931-32, 1932-33, 1933-34, 1934-35, 1935-36

Xalqaro

  • UEFA Kubogi: 2 (UEFA kubogini ketma-ket ikki marta yutgan ikkita klubdan biridir. Boshqa klub — „Sevilya“)
    • 1984/85; 1985/86
  • Frans Bekkenbaur kubogi: 1
    • 2010
  • Santiago Bernabeu Kubogi: 23
    • 1981, 1983, 1984, 1985, 1987, 1989, 1991, 1994, 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2003, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012

Shaxslar

Murabbiylar

Lavozimi Murabbiy
Bosh Murabbiy Karlo Anchelotti
Murabbiy yordamchisi Zayniddin Zidan
Murabbiy yordamchisi Pol Klement
Fitness murabbiyi Davide Anchelotti
Darvozabon murabbiyi Villiam Vekki


Ohirgi yangilanish: 26-iyun 2013 y.
Manba: Real Madrid

Klub prezidentlari roʻyxati

Yillar Prezident
2009—dan   Florentino Peres
2006—2009   Ramon Kalderon
2000—2006   Florentino Peres
1995-2000   Lorenso Sans
1985-1995   Ramon Mendosa
1978-1985   Luis de Karlos
1943-1978   Santiago Bernabeu
1940-1943   Antonio Santos Peralba
1936-1940   Rafael Sanches Guerra
1930-1935  Luis Usera
1926-1930   Luis de Urkilho
1916-1926   Pedro Parahes
1908-1916   Adolfo Melendes
1904-1908   Karlos Padros
1902-1904   Xuan Padros

Havolalar

Rasmiy sayti
Facebookdagi rasmiy sahifasi
Twitterdagi rasmiy mikroblogi

Manbalar

  1. „Jose Mourinho: Real Madrid boss to leave next month“. BBC (2013-yil 20-may).
  2. „Jose Mourinho: Real Madrid season worst of my career“ (2013-yil 17-may). Qaraldi: 2013-yil 17-may.
  3. „Carlo Ancelotti, new Real Madrid coach“. Real Madrid C.F. (2013-yil 25-iyun). Qaraldi: 2013-yil 25-iyun.
  4. „Official: Real Madrid confirm Ancelotti signing“. Real Madrid C.F. (2013-yil 26-iyun). Qaraldi: 2013-yil 26-iyun.