Gran Canaria stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Estadio de Gran Canaria

Panoramic view of the stadium
Manzili Las Palmas, Ispaniya
Operator Cabildo de Gran Canaria
Sigʻimi 32,392 [1]
Rekord muxlislar tashrifi 32,037
(Las Palmas vs Real Madrid, 27 January 2024)[2]
Maydon oʻlchami 105 metr (115 yd) x 68 metr (74 yd)
Konstruksiya
Ochilgan 8-may 2003-yil
Kengaytirilgan 2014–2016
Arxitektor Pedro Medina
Guillermo Ortego Carretero
Ijarachilar
UD Las Palmas (2003–hozirgi)
Ispaniya milliy terma jamoasi (tanlangan o'yinlar)

Gran Canaria stadioni Ispaniyaning Kanar orollarida joylashgan Las Palmasdagi stadion. Hozirda ushbu stadiondan UD Las Palmas jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazib keladi. Stadion 2003-yilda Estadio Insular oʻrinbosari sifatida umumiy foydalanish uchun ochilgan.

2030-yilgi FIFA Jahon chempionatining oʻyinlariga mezbonlik qilish ehtimoli mavjud[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion 2003-yil 8-mayda barcha oʻrindiqlar toʻlgan UD Las Palmas hamda Anderlext jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyinidan keyin foydalanishga topshirilgan. Oʻyin Las Palmasning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan. Maydondagi ilk golni Rubén Castro kiritgan[4].

32,400 insonni oʻz bagʻriga sigʻdiradigan ushbu stadion Ispaniyadagi eng yirik stadionlar orasida 14-oʻrinni va Kanar orollaridagi sigʻimi boʻyicha eng yirik stadion hisoblanadi.

Stadionda 2014-yil 11-noyabrdan 16 oy davom etgan rekonstruksiya ishlari oʻtkazildi. Yangilangandan keyin yugurish yoʻlakchasi olib tashlandi va yangi futbol uchun maxsus maydonga aylantirildi.

Xalqaro oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniya va Shimoliy Irlandiya, 2007

Ispaniya terma jamoasi oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Raqib Hisob Musoboqa
18-avgust 2004-yil  Venesuela 3-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
21-noyabr 2007-yil  Shimoliy Irlandiya 1-0 UEFA Euro 2008 saralash
18-noyabr 2018-yil  Bosniya va Gersegovina 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gran Canaria Stadium“. UD Las Palmas. 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2020-yil.
  2. „El Estadio de Gran Canaria bate su récord“ (es). As (2024-yil 27-yanvar).
  3. Corrigan, Dermot; Rai, Guillermo „Bernabeu? Camp Nou? Casablanca? The race to host 2030 World Cup final“ (en). The Athletic. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  4. „El nuevo templo de la UD Las Palmas cumplió este martes cuatro años“. eldiario.es. Qaraldi: 2024-yil 13-may.